azlyrics.biz
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

ummon guruhi – sevaveraman lyrics

Loading...

garchi bo’lsada shirin so’zlaring yolg’on,
baribir sevaman.
mayli, mandan voz kechgan bo’lsang hamki,

sevaveraman, sevaveraman, sevaveraman.

o’zga yo’llar, ko’zga cho’llar ko’rinar,
kuzgi barglar kabi dardlarim to’kilar.
bu bahorlar yana kurtak ochib kelaverar,
lek bu bo’ronlar sani qaytmasliging bildirar.

qora ko’zlar, shirin so’zlar bevafo,
ochib bag’rim qizaloqqa, bo’lib qolibman mubtalo.
baxtli bo’lgin bu dunyoda, tingla madadli navo,
bir o’giz shirin so’zingga qilay jonimni fido.

naqadar go’zal edi bizga berilgan tuyg’u,
ketding o’zga qo’llariga, solib qalbimga qayg’u.
mayli, sani sevaveray, toki sevgi bor mangu,
manga bo’lgan muhabbating ko’zlarimning nuri-ku.

bilardingku, sani deya yashar edim har on,
shirin so’zlaring etardi qalbimni vayron.
o’zga yoring borku sani, sevaveribman hayron,
bugungi kunim esa kechagidan pushaymon.

qalbim to’rida o’zga inson lekin sizga aytmayman,
sizga bo’lgan hislarim so’ngan, lekin tushuntira olmayman.
yana bugun qo’ng’iroq qilib, shirin, shirinim, deyman,
go’shakni qo’ygandan keyin esa ortiq o’ylamayman.

garchi bo’lsada shirin, so’zlaring yolg’on,
baribir sevaman.
mayli, mandan voz kechgan bo’lsang hamki,
sevaveraman.

garchi bo’lsada shirin so’zlaring yolg’on,
baribir sevaman.
mayli, mandan voz kechgan bo’lsang hamki,
sevaveraman, sevaveraman, sevaveraman.

eslasam o’tgan kunim, ko’zlarimga to’lar yosh,
naqadar ekan mani sevgan yorim bag’ri tosh.
bu azoblarga yana qancha berayin bardosh?
mani muzlagan hislarim eritolmadi quyosh.

sani manga bo’lgan muhabbating bo’ldi xotira,
bugun kechqurun qo’ng’iroq qilib yana osildi.
shu yolg’onlaringda mani dardim topmadi malham,
manga ko’ngling yo’qligini bilsam, ko’zlarimda nam.

toki hayotman sani sevaveraman abad,
toki bu dunyoda bordir shirin, dardli muhabbat.
mandan olib qo’yishgan bo’lsada ul sevgan yorim,
lekin olib qo’yisholmas yurakdagi hislarim.

dardlarim to’la, qiynaydi yuragimda g’amlarim
cheksiz bo’lsada, sani sevaman doim.
sani sevaman doim…

sevganim bekor bo’lsa ham beray bir savol:
qanday mani sevib, o’zgani suydi u visol.
endi ne qilay, aytgin qay yo’ldan boray?
balki shu yo’ldan davom etay, balki chekinay?

garchi bo’lsada shirin, so’zlaring yolg’on,
baribir sevaman.
mayli, mandan voz kechgan bo’lsang hamki,
sevaveraman.

garchi bo’lsada shirin so’zlaring yolg’on,
baribir sevaman.
mayli, mandan voz kechgan bo’lsang hamki,
sevaveraman, sevaveraman, sevaveraman.

fayzfm.uz bir qadam oldinda!



Random Lyrics

HOT LYRICS

Loading...