konsta & boriy - halovat lyrics
[«halovat» qoʻshigʻi matni ft. boriy]
[kirish]
re.m
[naqarot: boriy]
(oʻ+oʻ+oʻ) soʻnggi bor talpinaman sen tomon
yana yomon menga, omon qolishim bir gumon
(oʻ+oʻ+oʻ) soʻnggi bor talpinaman sen tomon
yana yomon menga, omon qolishim bir gumon
[koʻplet: konsta]
esliman oʻzimni: oʻn toʻqqiz, kollej
orzuim: taniqli boʻlish
hech qachon boʻlmidi balansda, noʻl ish
xohlagan vaqtimda yoki dam olish
yo keta qolish sohillar oldiga
bu orzularim koʻp yillar oldingi
oʻylar edim: baxt sotilar oltinga
bilmay qanday toshlar otilar ortingdan
oʻylar edim: taniqli — sevimli demak
pul, e’tibor — baxtga shu yetmidimi?
keyin esa orzu yoʻqotdi ta’mini
hammasi bilan choʻkayotib, gʻing demay
atrofingda minglab odam — yolgʻizsan
tuygʻular hammasi bir ahvol hissiz
qudratli koʻrinasan+u, holsizsan
minglar ketib, ikkitasi qolsa sen
tushunib yetasan: baxt boshqa narsada
yashab oʻtib, olib hayotni darsini
ketadi bu chalgʻitgan narsalar seni
har yerda bor qiyinchilik, boʻlar sinov
boylarda ham pul yetmay qolar ba’zida
yulduzlar ham yolgʻiz qolar xonasida
oldinlar ham koʻp armonim qolmas edi
balansda shuncha noʻllarim boʻlmasada
oʻn yillik yoʻlni bosib oʻtguncha
tushundim: bu orzular oʻtkinchi
har doim shu dard ichimda yotgan jim
tanilgan sari oʻzimdan ranjib
oʻzingi topish hammasidan muhimi
axir yulduz boʻlavermaydi+ku hamma
ol pulimni, shon+shuhratimni, mayli
men faqat oʻzimni yoʻqotishdan qoʻrqaman
[naqarot: boriy]
(oʻ+oʻ+oʻ) soʻnggi bor talpinaman sen tomon
yana yomon menga, omon qolishim bir gumon
(oʻ+oʻ+oʻ) soʻnggi bor talpinaman sen tomon
yana yomon menga, omon qolishim bir gumon
Random Lyrics
- leeanne-rose klippert - turn me on lyrics
- брутто (brutto) - пустая улица (snippet 16.11.2025) lyrics
- worzy - hollow bones lyrics
- hollis howard - nero lyrics
- janusz laskowski - jesień, złocista jesień lyrics
- 2009ozo - аффирмации (affirmations) lyrics
- buyingsnacks - (ᗒᗣᗕ)՞ あなたのコートに鼻水 (snot on your coat) lyrics
- saiah woes & 808 mafia - samurai lyrics
- chrome44 - ashes & empires lyrics
- natalie melinda - palace of the gods lyrics