
konsta - sevgini izlang lyrics
[«sevgini izlang» qo‘shig‘i matni]
[naqarot]
sevgini izlang
avvalambor o‘zingizga bo‘lgan
haqiqatdan seva oladi avval o‘zini sevgan
sevgini izlang
qiladigan ishingizga bo‘lgan
dunyoni yaxshiroq qila oladi ishini sevgan
sevgini izlang
yoningizdagi insonga bo‘lgan
haqiqatdan baxtli odamlar aniq kimnidir sevgan
sevgini izlang
[ko‘plet]
hayotimni uchdan biri izlanish
yolg‘izlikdan so‘ng eritish muzlarni
tozalash o‘tmish qoldirgan izlarni
tinimsiz bahs o‘zimga yuzlanib
tanani qiynab har doim norozi
necha bor semirib, necha bor ozib
kerakmidi menga e’tibor o‘zi?
muvaffaqiyatlaringga yetib bor o‘zing
tanla ishingni, boqmidi karyera
repperga qimmatli kiyimlar kerak
to‘yda yurasanmi tiyinlar terib
nima ham topding ikki yildan beri?
tinimsiz bahs, halovat yo‘q
munosabatlarda har safar omad yo‘q
o‘zimni ham, ishimni ham sevmasdan
ishlayman+ku, lekin daromad yo‘q
kimga kerak bunaqa omadsiz?
pulsiz, mansabsiz, qomatsiz
davom etar shu holat, siz bilmaysiz
bu dunyo menga adolatsiz
nimalardan kechib nima topdim
o‘zligimdan ayt+chi nima qopti?
ertangi kunim ko‘rinmayapti
o‘zimni o‘zim yo‘limni yopdim
[oldinaqarot]
uuu
qaniydi o‘tmishga qaytsam
yoshlikdagi o‘zimga aytsam
qabul qil o‘zingni boringni
o‘zingga ber e’tiboringni
keyin izla do‘st+u yoringni
yig‘ishtir halitdan iftixoringni
rivojlantir iqtidoringni
imillama, qo‘lingdan keladi
kuttirma uyingda o‘tirgan intizoringni
[naqarot]
sevgini izlang
sevgini izlang
avvalambor o‘zingizga bo‘lgan
haqiqatdan seva oladi avval o‘zini sevgan
sevgini izlang (sevgini izlang)
avvalambor ishingizga bo‘lgan
dunyoni yaxshiroq qila oladi ishini sevgan
sevgini izlang
yoningizdagi insonga bo‘lgan
haqiqatdan baxtli odamlar aniq kimnidir sevgan
[naqarot]
sevgini izlang
avvalambor o’zingizga bo‘lgan
haqiqatdan seva oladi avval o‘zini sevgan
sevgini izlang
avvalambor ishingizga bo‘lgan
dunyoni yaxshiroq qila oladi ishini sevgan
sevgini izlang
yoningizdagi insonga bo‘lgan
haqiqatdan baxtli odamlar aniq kimnidir sevgan
sevgini izlang
Random Lyrics
- lotte lenya - der kleine leutnant des lieben gottes (reprise) lyrics
- мутант ъхвлам (mutant vhlam) - рэш човски (rash chovski) lyrics
- ángela aguilar - nadie se va como llegó lyrics
- marlena - pies sin plomo lyrics
- zia (지아) - 지독하게 가슴아픈 사랑 (heartbreaking love) lyrics
- risus rome - dirty intro lyrics
- yungmiqu - mánnávuođa rájes lyrics
- буерак (buerak) - что-то с чем-то (something with something) lyrics
- anggun priambodo - sumber daya gambar 2 lyrics
- ivo linna - kevad lyrics