
konsta - tun lyrics
[«tun» qoʻshigʻi matni]
[naqarot]
bunchalar uzun
sensiz tunlarim uzun
juda qorongʻu bu tun
bunchalar uzun
hech kim oʻtmas bu yoʻlni men uchun
yoʻllar bunchalar uzun (ye)
[koʻplet]
yana yoʻlingdaman, yana bir safar
omadim keladi aniq bu safar
meni kutayapsan nima boʻlsa ham
demak, toʻldirmiydi meni dimogʻimdagi zahar
yoʻllarim qorongʻu, huddi zimiston
yoʻllardagi dushmanlarim oʻzimizdan
toʻgʻrimi, guliston?
men musofir boʻlmadim, oʻzim istab
safardan keyin quraman uyimizni
keyin ichida uyquga toʻyamiz+da
ichi toʻla kullar, kuni boʻyi muzdak
hayajonli tunlar, huddi toʻyimizdek
lekin hozircha yoʻldaman piyoda
adashsam yoʻlimni, koʻrsat, yulduzim
bitta ham uchramadi sendek odam
tikanlarini sanchishdi, gul desam
yana yoʻlingdaman, yana bir safar
qani edi bu safar boʻlsa farq
oyoqlarim chandiqlarga toʻlsa ham
kelganimda kutganimdek boʻlsang ham
sevgi bilan nafratni orasidagi yoʻl
men safar bilan safar orasida kuyov
men bir har ikkichi odamman bu koʻchadagi
yurish kerak, lekin tobora istagi yoʻq
yana yoʻlingdaman, kurashayapman
ketib qolma ungacha falaklarga
senga boʻlgan mehrimni ulashayapman
kuylarimda tungi kapalaklarga
nafas olayapman+ku — yashayapman
demak, hammasi boʻladi ajoyib
agar topsam bu dunyoda joyim
[naqarot]
bunchalar uzun
sensiz tunlarim uzun
juda qorongʻu bu tun
bunchalar uzun
hech kim oʻtmas bu yoʻlni men uchun
yoʻllar bunchalar uzun
sensiz tunlarim uzun
juda qorongʻu bu tun
bunchalar uzun
hech kim oʻtmas bu yoʻlni men uchun
yoʻllar bunchalar uzun
Random Lyrics
- lil davis [hu] - pikpak lyrics
- miss veritas - bla bla bla lyrics
- avixre - money calls lyrics
- hellsesssion - дофамин (dopamine) lyrics
- kid moon - grief is a fickle thing lyrics
- xdgold - to funny lyrics
- duo jasca - mechita lyrics
- the ivy (usa) - loosen up lyrics
- mafiazy ganghood - стартуем lyrics
- @timalestsc - $_$ ;₽ #ffp lyrics