ozoda nursaidova – asrasin lyrics
qora cho’g’larimdan qoraydi hijron,
yosh bilan yuvildi qayrilma mujgon.
yurak talpinadi yolg’iz sen tomon,
sensiz kelar bo’lsa, bahorim yolg’on.
muhabbat bog’ladi yuragimizni,
nurga cho’miltirdi tilagimizni.
sevib sehrlangan ertagimizni
sog’inib kelmasa, nahorim yolg’on.
asrasin-asrasin, allohim asrasin,
joningni yomondan tangrim asrasin.
asrasin joningni sevgim tumori,
oshufta ko’nglimning sultoni, bori.
uzilmasin ishqning sozlangan tori,
agar saqlolmasa, qarorim yolg’on.
yolg’on, yolg’on…
asrasin-asrasin, allohim asrasin,
joningni yomondan tangrim asrasin.
kelarsan nur bo’lib gulistonimga,
barham berib dardli ohu-zorimga.
kutaman toqatlar tilab jonimga,
shunda bo’lar bari armonim yolg’on,
yolg’on.
asrasin-asrasin, allohim asrasin,
joningni yomondan tangrim asrasin.
sen mening yurakda oqqan qonimsan,
jonim sezolmayman – tanda jonimsan.
sog’inch o’ldirmasdan kel, madorimsan,
kelmasang, quyoshli osmonim yolg’on.
asrasin-asrasin, allohim asrasin,
joningni yomondan tangrim asrasin.
Random Lyrics
- erectus – masdan ang kapaligiran lyrics
- kossy & kanoerana – kage no obake (full version) lyrics
- trueheights – stay lyrics
- 岸田教団&the明星ロケッツ – sleep walk lyrics
- fingertips – final fantasy lyrics
- jal joshua – stand up for love lyrics
- wonderframe feat. youngohm – อยู่ดีๆก็… (stripped) lyrics
- hibrido 7 – hossana lyrics
- costa felina – alejado de mi lyrics
- ebony day – heavy lyrics