azlyrics.biz
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

shaka (uzb) - may lyrics

Loading...

[matn “may”]

bir qo’lda qur’onu bittasida jom
ba’zida halolmiz, ba’zida harom
feruza gumbazli osmon ostida
na chin musulmonmiz, na kofir tamom

men keldimu, dunyo ko’rdimi foyda?
ketsam martabasi osharmi? qayda!
hech kim tushuntirib bera olmadi:
kelishim + ketishim sababi qayda

dedim, endi mayi gulgun ichmayman
may tok qoni, men xun ichmayman
keksa aqlim aytdi: shu gaping rostmi?
dedim: hazillashdim, nechun ichmayman!

sen bo’lsang+u, men bo’lsam+u, may bo’lsa
o’rtada bir qizil gul ham nay bo’lsa
nayni chalib navo qilsang nozanin
jon bermoqqa yurakkinam shay bo’lsa

o’ylama pulsizu nochor ichmayman
rasvolikdin qilib yo or ichmayman
men mayni dilxushlik uchun ichardim
bu kun+chi, qalbim+da sen bor ichmayman!
may ichsang, oqilu dono bilan ich
yoki bir gul yuzli zebo bilan ich
oz+oz ich, goh+goh ich ham yashirin ich
ezma, rasvo bo’lma, hayo bilan ich

tong chog’ida turgil, nozanin go’zal
maydalab ichaylik, rubbobingni chal
dunyoda bor odam uzoq turmaydi
ketganlari qaytib kelmas hech mahal

mastni ta’na qilma, ichmasang sog’ar
g’iybat + doston qilma, bo’lma hiylagar
kekkaya ko’rma hech may ichmayman deb
sening qilmishlaring bundan beshbattar

may ichsa gado ham sulton bo’ladi
tulki ichsa, sheri g’oron bo’ladi
yosh ichsa keksalik sharafin quchar
keksa ichsa yoshu chaqqon bo’ladi

ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
maydan yechilmagan biror tugun kam
bir qultum may ichgan bo’lsaydi shayton
ming sajda qilardi odamga ul ham



Random Lyrics

HOT LYRICS

Loading...