shaxriyor - yor-yor lyrics
[«yor+yor» qoʻshigʻi matni]
[koʻplet 1]
eh, qanday aytib bersam ekan bu sevgi tarixini?
bu xuddi ertak: ikki qahramon, lekin biroz alamli
biroq bu hayot, bu taqdir, hamma qismat oldida ojizdir
juda koʻp esh+tganman, juda koʻp koʻrganman sevishganlarning hayotini, lekin hozirgisi dilimda qolgan, yuragimni rostakam ezgan
[naqarot]
yor+yor, yangraydi yor+yor
kimdir bu kuydan baxtiyor
yor+yor, yangraydi yor+yor
kimdir bu kuydan baxtli, kimdirlar chekar ozor
[koʻplet 2]
yigit bilan qiz, goʻzal muhabbat. qattiq sevishardi bir+birligini
xayol qilishardi baxtiyor kunlarni, yanada ham baxtiyor kunlarni
yillar oʻtdi, qiz yetgan edi voyaga. vaqt kelgan edi qizni uzatishga
oʻrtadagi sevgi+muhabbat hech qanday sabab bola olmadi qizning otasiga, javob bitta: «qiz unashtirildi boshqasiga»
chorasiz qolgan yigitni kutishdan boshqa iloji yoʻq edi
oʻshanda yigit qizga sogʻinchli bir xat yubordi
u xatda yigit bor dardini yordi
u xatda taxminan shu soʻzlar yozilgan edi
[naqarot]
yor+yor, yangraydi yor+yor
kimdir bu kuydan baxtiyor
yor+yor, yangraydi yor+yor
kimdir bu kuydan baxtli, kimdirlar chekar ozor
[koʻplet 3]
«salom, mening birinchi va soʻnggi muhabbatim
dunyodagi yagona goʻzalim, mening baxtim
bil+ki, seni oxirgi nafasimgacha esimda tutib
sevgimizni doimo avaylayman
shuni unutmaginki
seni bir umr sevib yashayman
seni koʻrib turib, lekin san bilan soʻzlasholmasdan turolmayman
lekin man xayolan doimo san bilan»
bu xat qiz uchun havodek edi, sevgilisidan qolgan yagona yodgorlik boʻldi
oradan qancha yillar oʻtib ketsa ham, bu xatni qiz har bir baxtiyor
har bir quvonchli kunlarida, butun umri davomida tez+tez oʻqib turadigan esdalik
sevgilisidan qolgan yagona yodgorlik deb saqlardi
[naqarot]
yor+yor, yangraydi yor+yor
kimdir bu kuydan baxtiyor
yor+yor, yangraydi yor+yor
kimdir bu kuydan baxtli, kimdirlar chekar ozor
Random Lyrics
- hellosaiah & xtsywill - no rules lyrics
- angeaseus - word 2 kl0ne lyrics
- faithless & disclosure - insomnia (disclosure's 2025 edit) lyrics
- kejari cole - story (intro) lyrics
- borne - give it to me lyrics
- xoemyr - sex lyrics
- flowend - sarmaz muhabbetleri lyrics
- #openxxsh - #исскуство.. lyrics
- fuorigioco - va chian lyrics
- serchito trambotiko - 0 1 2 1 0 lyrics