
shokir - millat umidi lyrics
[«millat umidi» qo‘shig‘i matni ft. malika hasanova]
[naqarot :malika hasanova]
ey, dunyo! boryapman — meni qarshi ol
shu buyuk millatning umidiman men
hali yetti iqlim qolar hayron, lol
shu buyuk millatning umidiman men
[ko‘plet 1 :shokir]
jahon beshigini tebratib qo‘ygan
ilm+u irfon nurin taratib qo‘ygan
olamni o‘ziga qaratib qo‘ygan
shu buyuk millatning umidiman men
tomirimda oqar daholar qoni
kim bilmas xorazmiy, ibn sinoni?
tog‘lardan balandir shavkat+u shoni
shu buyuk millatning umidiman men
nomin esh+tganda tik turib dunyo
beruniy bobomga aytar tasanno
ko‘ksimda iftixor, boshimda humo
shu buyuk millatning umidiman men
zamaxshariylari zehin ko‘rsatgan
arablarga arab tilin o‘rgatgan
ilm cho‘qqisiga bayroq o‘rnatgan
shu buyuk millatning umidiman men
[naqaroq: malika hasanova]
ey, dunyo! boryapman — meni qarshi ol
shu buyuk millatning umidiman men
hali yetti iqlim qolar hayron, lol
shu buyuk millatning umidiman men
[ko‘plet 2: shokir]
ovro‘po eslasa, titraydi hamon
«temur qilichidan qoldik» deb omon
yigirma yetti taxt sohibi, xoqon
shu buyuk millatning umidiman men
amerika uchar fazoga sho‘ng‘ib
shoh ulug‘bek yozgan kitobin o‘qib
bas, yetar, turmayman bir chetda qo‘rqib
shu buyuk millatning umidiman men (ey)
jadid bobolarim, oydin zotlarim
ochilmay yulingan iste’dodlarim
bo‘g‘zimni kuydirar oh+u dodlarim
shu buyuk millatning umidiman men
o‘tgan kunlar endi tarixdir beshak
bu vatanga yangi daholar kerak
meni chorlamoqda nurli kelajak
shu buyuk millatning umidiman men
menga yordir omad, men bilan iqbol
hali yetti iqlim qolar+u hayron, lol
ey, dunyo! boryapman — meni qarshi ol
shu buyuk millatning umidiman men
[naqaroq: malika hasanova]
ey, dunyo! boryapman — meni qarshi ol
shu buyuk millatning umidiman men
hali yetti iqlim qolar hayron, lol
shu buyuk millatning umidiman men
[naqaroq: malika hasanova]
ey, dunyo! boryapman — meni qarshi ol
shu buyuk millatning umidiman men
hali yetti iqlim qolar hayron, lol
shu buyuk millatning umidiman men
Random Lyrics
- santyxmood - dami lyrics
- angel22 - ta noche lyrics
- mc carlinhos fiel - tô bolado lyrics
- firefall - go your own way lyrics
- suicideimar - sorry mom im sick and perverted lyrics
- stereobate - jerry jones lyrics
- jin (진) - don't say you love me (lofi remix) lyrics
- tafe - beast lyrics
- sir woman - love and basketball lyrics
- день ото дня (den oto dnya) - холод (cold) lyrics