azlyrics.biz
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

shoxrux – j.k.b. lyrics

Loading...

xayolim o`zga olam
nega bora-bora tunda ko`zim nam?
o`zi man bu huzurda mehmon
nari borsa bugun ham adoim ehtimoli har qadam

ko`zlarim yo`lingdadir
bir maning maqsadim bo`lmadi ro`yo, ko`rinmas dunyo
yuguradi bu oyoqlarim
tomoningga tinmay, hech dam bilmay
mana bu qo`llarim har kuni doim yopiq eshigingni
tebratar umuman tonmay
izlaydi ko`zlarim o`zingni faqat, bexonumonman

bitdi bu doston, yuragimdagi ming karra fig`on
badanimda qolmadi darmon
yo`qlayman o`zingni kunu-tunda o`zimda
kuygan haroratda fursatda, har kelajak bir zamonda
har sahifayu devonda

sezildi na bir issiq, na bir sovuq
har tomonimdan berilgan zarba
na bir zulmni sezdim man betom, a
vujudimni kuyd-rs-ng, bejon etsang
yuragimni qon talatib oxir netaman
jamolingni ko`rsatmasang? (ko`rsatmasang)

nasibamni maning devonayu rasvodan
battar qilsang ham roziman axir
oxiri borib, “manzili a’lo”ga yetqazsang
bo`lar edimi sodir

jonu jahonim maning
qalbimni do`pposlagan dardimu arzandam maning
har balo qilsang qil, oshiq qilsang bas
bormidi bundan ortiq baxt?
misoli daraxt kabi man so`narim ayon bevaqt
qadarim bitmasdan mutloq, man qildim ahd

negadir ko`karmadim, ko`kardi ichimdagi dardimu armon
boq maning holimga, yoron, ne keregi bor usha go`zal makon?
ko`zlaringga man boqmasam, unda borim ham kam
butun borliq ham kam

kun kabi otsang
qani edi natijalarim so`nggida vaslingga duchor bo`lsam
hayronu vayron bo`lsam, yuragim qon otib, oxir netaman
netaman jamolingni ko`rmasam?



Random Lyrics

HOT LYRICS

Loading...