ummon guruhi – yuragimga lyrics
yuragingda, menga bo’lgan,
hislar so’nibdi, oxir ko’rindi.
men esa bilmay,
ko’nglingga yo’l topib,
hafa qildimmi deb, o’ylardim.
yo’q, bu shunchaki baxona,
oraga qo’shib ora,
izlaydi aybni mendan.
aybim bo’lsaydi zora,
ovora bo’lma bo’ldi.
qalbim dardga to’ldi.
aybim ne deb so’rasam,
siltalab ketdi qo’li.
yuragimga kirib olib,
umid uyg’otib so’ngra
parcha-parcha qildi ketdida.
yuragimga kirib olib,
umid uyg’otib so’ngra
nimta-nimta qildi ketdida.
tabibga bordim so’rab yordam,
tabib dedi men ham senday oddiy odam.
bu dardga davo topolmagan olimlar ham,
shu qatorida topa olmasam kerak men ham.
tabibdan foyda yo’q, shoshib qaytaman uyga.
bu boshimga qo’ngan og’riq, go’yo bir umrga.
qayga ketding endi chiroyligim.
san bilan o’tib ketdi, afsus mani yoshligim.
uzun yo’llar, baland tog’lar ko’rinar.
o’sha tog’dagi daraxtman, barglarim to’kilar.
barglar esa sani manga bo’lgan mehring.
kundan kunga tobora kamayib borar ular.
qilmaysan qo’ng’iroq, topib bir imkon.
topib sabab bo’laylik yana deb yonma-yon.
yoki kerakmasmi qaytsa o’sha on.
o’sha ifor, o’sha baxt, o’sha zamon.
yuragimda, bo’m-bo’sh xona,
na sen, na kimdir bordir unda.
faqat qora tog’, tog’lardan balandroq.
favvoralar kabi, otiladi azob.
bu shunchaki azobmas,
lat yeganday bo’lmas.
har-hil dorilar bilan,
uni davolab bo’lmas.
ovora bo’lma bo’ldi,
qalbim dardga to’ldi.
aybim ne deb so’rasam,
siltalab ketdi qo’li.
yuragimga kirib olib,
umid uyg’otib so’ngra
parcha-parcha qildi ketdida.
yuragimga kirib olib,
umid uyg’otib so’ngra
nimta-nimta qildi ketdida.
Random Lyrics
- bryce fox – coldhearted lyrics
- indaqo – hey lyrics
- bebe rexha – fake friends lyrics
- colombre – deserto lyrics
- gerhard scholz band – bier her, bier her lyrics
- 岡崎律子 – rain or shine-降っても晴れても lyrics
- string karma – de qué me sirve lyrics
- dead obies – allo allo lyrics
- citipointe live – crash lyrics
- bodhi balboa – eins sein lyrics