azlyrics.biz
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

abduvali rajabov – onam lyrics

Loading...

goho sizning borligingiz unutdim
yo’llarimga zorligingiz unutdim
umidlari kesilgan bu dunyoda
yolg’iz umidvorligingiz unutdim

oshno topdim va lekin do’st topmadim
oq ko’ngilli bir qora ko’z topmadim
shamollarga sovurdim gul so’zlarni
lekin sizga bir shirin so’z topmadim
ona, sizga bir shirin so’z topmadim
g’animatim, omonatim, onam+a, onam
hayotim, misli jannatim, onam+a, onam
g’animatim, omonatim, onam+a, onam
mehri daryo, chiroyligim, onajon, onam

goho falak menga bag’ritosh keldi
ishonganim g’animga yo’ldosh keldi
omad ketsa, hamma kuldi ustimdan
faqat sizning ko’zingizga yosh keldi
ona, sizning ko’zingizga yosh keldi

g’animatim, omonatim, onam+a, onam
hayotim, misli jannatim, onam+a, onam
g’animatim, omonatim, onam+a, onam
mehri daryo, chiroyligim, onajon, onam

xoki poyingizni ko’zimga suray
o’zim yarim ko’nglingizni to’ldiray
bir chekkaga surib qo’yib dunyoni
o’g’il bo’lib yoningizda o’tiray
ona, sizning yoningizda o’tiray

g’animatim, omonatim, onam+a, onam
hayotim, misli jannatim, onam+a, onam
g’animatim, omonatim, onam+a, onam
mehri daryo, chiroyligim, onajon, onam



Random Lyrics

HOT LYRICS

Loading...