botir qodirov – muborak kun lyrics
bu ulug’ yillarning hikoyasi bor
gohi baxt, gohi ishq afsonasi bor
buni hayot derlar, bunda insonning
goh zarbi, gohida himoyasi bor
mehribon insonning, yaxshi insonning
qadrdoni ko’pdir, ulfati ko’pdir
bir+biridan aziz farzandlari+yu
shirin nabiradek parvonasi bor
bugungi chiroyli kun muborakdir
muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt
onamni baxtiyor qildingiz, dada
qiz+u o’g’illarga panoh bo’dingiz
otang kim desalar, sevinaman+da
sizning o’g’lingizman, sizning o’g’lingiz
mana, oila bor har birimizda
nabira, chevara qurshovidasiz
biz sizdan o’rgandik yashnashni, ota
doim mehrimizning qurshovidasiz
bugungi chiroyli kun muborakdir
muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt
ellik yil + bu hali otmishning boshi
oldinda turibdi yetmishning oshi
olloh marhamatin ayamasin hech
yuzga kirib yuring, oilaboshi
kimdir to’y boshlasa, boshida turib
kimdir muhtoj bo’lsa, kamin to’ldirib
mehribon bo’ldingiz qarindoshlarga
duolar oldingiz ehsonlar qilib
yaxshi niyatlarga bersin ijobat
sizni har ko’chada kutaversin baxt
bugungi chiroyli kun muborakdir
muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt
bugungi chiroyli kun muborakdir
muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt
Random Lyrics
- oliver penn – adiós lyrics
- set the sun – the way back lyrics
- cueue ayun – ac’s intro lyrics
- reynalyne gacilan – acting up lyrics
- the steens – what a way to die lyrics
- jno (singer) – all for you lyrics
- apashe & ymir – never change (sullivan king remix) lyrics
- fili & derby feat. lery key – knock-knock lyrics
- chastity (chazz) – ultra light lyrics
- dacota muckey – to forgive is to love lyrics