qilichbek madaliyev – qaddingdan lyrics
parilardan ming bor husning ziyoda
vaslingni deb kezdim toy+u piyoda
izlay+izlay, oxir topdim dunyoda
sadog’angman bir nazar qil, qaddingdan
qaddingdan+ey, qaddingdan
izlay+izlay, oxir topdim dunyoda, dunyoda
sadog’angman bir nazar qil, qaddingdan
qaddingdan oh, qaddingdan
tonglar otdi, kunlar botdi, ko’rmadim
hajring bilan bahor o’tdi, ko’rmadim
qushlar kelib, uchib ketdi ko’rmadim
kulbam aro bir nazar qil, qaddingdan
qaddingdan+ey, qaddingdan
qushlar kelib, uchib ketdi, ko’rmadim, ko’rmadim
kulbam aro bir nazar qil, qaddingdan
qaddingdan oh, qaddingdan
oy desa oy, kun desa kun, deydilar
dunyoda yo’q bag’ri butun, deydilar
shoir xalqi misli majnun, deydilar
mayli meni sarbasar qil, qaddingdan
qaddingdan oh, qaddingdan
shoir xalqi misli majnun, deydilar
mayli meni sarbasar qil, qaddingdan
qaddingdan oh, qaddingdan
necha yilki, ko’nglim sira to’lmaydi
goh sen kelsang, goho ilhom kelmaydi
endi senga yetishmasam bo’lmaydi
ishqingni sen muhtasar qil, qaddingdan
qaddingdan, qaddingdan
endi senga yetishmasam bo’lmaydi, bo’lmaydi
ishqingni sen muhtasar qil, qaddingdan
qaddingdan oh, qaddingdan
Random Lyrics
- goddess fiji – rainfall lyrics
- notti osama – 41k lyrics
- джизус (dzhizus) – знаешь, я не знал ( unreleased ) lyrics
- jonathan young – the rumbling lyrics
- tre’gadd & jiggy min – all in lyrics
- dear sherlock – tracatu lyrics
- osy – blackbarbie3 lyrics
- doston ergashev – ey do’stim lyrics
- kota the friend – fone call lyrics
- kyle coulahan – life’s a beach lyrics